27-fevral kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: apmex
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 27-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quyma 10 399 000 so‘mdan sotilmoqda.

Bank uni qadog‘i but holatda 9 995 000 so‘mdan, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmagan holatda 9 894 000 so‘mdan qaytarib oladi.

10 grammli quyma narxi 20 799 000 so‘mni tashkil etdi. Qaytarib sotib olish narxi mos ravishda 19 991 000 so‘m va 19 789 000 so‘m qilib belgilangan.

20 grammli oltin quyma 41 597 000 so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Uni but qadoqda 39 982 000 so‘mga, talabga javob bermagan holatda esa 39 578 000 so‘mga qaytarib olish ko‘zda tutilgan.

50 grammli quyma 103 993 000 so‘mdan taklif etilmoqda. Qaytarib sotib olish narxi 99 954 000 so‘m va 98 944 000 so‘m etib belgilangan.

100 grammli oltin quyma esa 207 985 000 so‘mdan sotilmoqda. Bank uni qadog‘i but bo‘lsa 199 908 000 so‘mdan, texnik talablarga mos kelmasa 197 889 000 so‘mdan qaytarib oladi.

Markaziy bank qayd etishicha, xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, narxlar kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Qaynoq24.uz 26-fevral kuni oltin quymalari qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.