Markziy bank tomonidan 27-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari biroz mustahkamlanib, 12 179,87 so‘mga yetdi. Kunlik o‘sish 8,26 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi pasaydi va 14 079,93 so‘mni tashkil etdi. Rossiya rubli ham arzonlab, 148,52 so‘mga tushdi. Britaniya funti 16 265 so‘mga tushib, kun davomida sezilarli yo‘qotish qayd etdi. Shveysariya franki ham pasayib, 15 376,68 so‘mni tashkil etdi.
Yaponiya iyenasi 76,37 so‘mga tushdi. Xitoy yuani esa deyarli o‘zgarmay, 1 763,46 so‘m darajasida qoldi.
Qaynoq24.uz 26-mart kuni oltin quymaalri qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

