Markaziy bank tomonidan 28-noyabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, asosiy xorijiy valyutalar bugungi kunda so‘mga nisbatan biroz ko‘tarilgan.
AQSh dollari 20,7 so‘mga oshib, 11 902,30 so‘mni tashkil etdi. Yevroning qiymati ham ko‘tarilib, 31,09 so‘mlik o‘sish bilan 13 780,48 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 1,13 so‘mga qimmatlashib, 152,18 so‘m bo‘ldi.
Buyuk Britaniya funti 74,88 so‘mga ko‘tarilib, 15 727,70 so‘mni tashkil etmoqda. Yaponiya iyenasi ham ozgina o‘sib, 0,18 so‘mlik farq bilan 76,12 so‘m bo‘ldi. Shveytsariya franki 43,98 so‘mga ko‘tarilib, 14 774,45 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani esa 2,02 so‘mga oshib, 1 680,40 so‘m darajasida qayd etildi.

