Markaziy bank tomonidan 28-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar kursi 29,9 so‘mga ko‘tarilib, 12 128,02 so‘mni tashkil etdi.
Yevro ham keskin qimmatlab, 65,79 so‘mga oshdi va 14 419,00 so‘mga yetdi. Britaniya funti 74,84 so‘mga ko‘tarilib, 16 615,39 so‘m etib belgilandi.
Shu bilan birga, Rossiya rubli 0,12 so‘mga arzonlab, 158,52 so‘mga tushdi.
Yaponiya iyenasi 0,16 so‘mga oshib, 78,89 so‘mni tashkil qildi. Shveysariya franki 42,57 so‘mga qimmatlab, 15 634,94 so‘mga yetdi, Xitoy yuani esa 4,04 so‘mga ko‘tarilib, 1 743,73 so‘m etib belgilandi.
Qaynoq24.uz 27-yanvar kungi valyutalar kursi haqida yozgan edi.

