29-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Nevada Current
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

29-dekabr kuni oltin quymalarining narxlari yangilandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvdagi oltin narxida biroz o‘sish kuzatilgan.

Bugungi kunda 5 grammli quymaning bahosi 8 mln 961 ming so‘mni tashkil etadi. 10 grammli variant 17 mln 922 ming so‘m, 20 grammli quymaning narxi esa 35 mln 845 ming so‘m etib belgilangan.

Yirik og‘irlikdagi quymalar ham qimmatlashgan. 50 gramm oltin 89 mln 612 ming so‘m, 100 grammli quymaning narxi esa 179 mln 224 ming so‘mga teng.

Oltinning global bozordagi narxi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, oltin narxi 4 519,09 dollar/unsiya atrofida savdolashmoqda. Kun boshidan buyon ko‘rsatkich 0,41 dollar pastlagan, bu esa 0,01% kamayish demakdir.

Kumush esa aksincha o‘sish qayd etdi. Oxirgi bir kun ichida narx 80,28 dollarga yetdi va 4,43%ga ko‘tarildi. Bozor faolligi metallar segmentida talab yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Uzoq muddatli dinamikaga ko‘ra, oltin narxining o‘sish sur’ati sezilarli. So‘nggi bir oyda qiymat 6,56%ga, olti oyda 37,07%ga, bir yilda esa 73,41%ga oshgan. So‘nggi besh yilda o‘sish 138,61%ni, 20 yillik ko‘rsatkich esa 776,56%ni tashkil etdi.

Qaynoq24.uz 29-dekabr kuni valyutalar kursi qanday bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.