29-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 29-yanvar uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymasi 10 864 000 so‘mda sotilmoqda.

Ushbu quymaning but holatda qaytarib sotib olish narxi 10 243 000 so‘mni tashkil etadi. Qadoqlari buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa, texnik ekspertizadan so‘ng, qayta sotib olish qiymati 10 140 000 so‘m qilib belgilangan.

10 grammli oltin quyma uchun sotish narxi 21 728 000 so‘mni tashkil etdi. Uni but holatda Markaziy bankka qaytarib topshirish 20 486 000 so‘mga baholanmoqda. Qadoqlari buzilgan holatda esa qaytarib sotib olish narxi 20 279 000 so‘m etib belgilandi. 20 grammli oltin quymaning sotuv narxi 43 456 000 so‘mga teng. Ushbu og‘irlikdagi quymaning but qadoqdagi qaytarib sotib olish qiymati 40 972 000 so‘mni tashkil etadi. Texnik talablarga mos kelmagan holatda esa bu narx 40 558 000 so‘m bo‘ladi.

50 grammli oltin quymasi 108 639 000 so‘mda sotilmoqda. Uni but holatda qaytarib sotish 102 431 000 so‘mga baholangan. Qadoqlari buzilgan oltin quymaning qaytarib sotib olish narxi esa 101 396 000 so‘mni tashkil etadi.

100 grammli oltin quymasi uchun sotish narxi 217 278 000 so‘m etib belgilangan. Ushbu quymaning but holatdagi qaytarib sotib olish qiymati 204 862 000 so‘mga teng. Texnik ekspertizadan so‘ng qadoqlari buzilgan holatda 202 792 000 so‘mda qayta sotib olinadi.

Qaynoq24.uz 29-yanvar kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.