Markaziy bank tomonidan 3-aprel uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 9,327 mln so‘m etib belgilandi.
Uni qaytarib sotib olish narxi qadog‘i but holatda 8,965 mln so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 8,874 mln so‘mni tashkil etadi. 10 grammli quymaning sotish narxi 18,654 mln so‘m bo‘ldi. Qaytarib sotib olish narxi mos ravishda 17,93 mln so‘m va 17,749 mln so‘m etib belgilangan.
Jadval:
| Og‘irligi | Sotish narxi (so‘m) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i but) | Qaytarib sotib olish (qadog‘i buzilgan) |
|---|---|---|---|
| 5 g | 9 327 000 | 8 965 000 | 8 874 000 |
| 10 g | 18 654 000 | 17 930 000 | 17 749 000 |
| 20 g | 37 309 000 | 35 860 000 | 35 497 000 |
| 50 g | 93 271 000 | 89 649 000 | 88 744 000 |
| 100 g | 186 543 000 | 179 299 000 | 177 487 000 |
Markaziy bank narxlar xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasiga qarab kun davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini ham qayd etdi.
Qaynoq24.uz nashri 3-aprel kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

