Markaziy bank tomonidan 3-dekabr kungi oltin quymalarining sotuv narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm oltin 8 301 000 so‘m etib belgilandi.
Shuningdek, 10 gramm 16 603 000 so‘m, 20 gramm 33 206 000 so‘m, 50 gramm 83 015 000 so‘m va 100 gramm 166 029 000 so‘mni tashkil etmoqda.
Oltin narxining global bozordagi narxi
Bugungi kunda oltin narxi bir unsiya uchun 4 223,09 dollarni tashkil etmoqda, bu avvalgi narxga nisbatan 33,53 dollar yoki 0,80 foizga oshgan. Kumush esa bir unsiya uchun 58,76 dollar bo‘lib, kun davomida 0,64 dollar yoki 1,11 foizga o‘sdi.
Oltinning AQSh dollaridagi narxi turli muddatlarda sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda. So‘nggi 30 kun ichida narx 238,88 dollarga yoki 6,05 foizga oshgan. O‘tgan 6 oyda o‘sish 814,65 dollarni, ya’ni 24,14 foizni tashkil qilgan. Bir yil ichida narx 1 537,13 dollar yoki 57,95 foizga ko‘tarilgan. Beshta yil davomida esa 2 351,79 dollar va 127,97 foizga oshgan, 20 yil ichida esa narx 3 686,21 dollar va 732,34 foizga ko‘tarilgan.
Qaynoq24.uz 3-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

