O‘zbekistonda 3-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi va yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkent shahrida havo biroz o‘zgaruvchan bo‘lib, shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–2 daraja iliq, kunduzi esa 13–15 daraja iliq bo‘lishi aytilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ba’zi joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol 7–12 m/s, harorat kechasi 4 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman bo‘lishi ehtimol qilinmoqda. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo ochiq bo‘lib, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja, kunduzi esa 13–18 daraja iliqni tashkil etadi. Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, tuman kuzatilishi mumkin. Shamol 5–10 m/s, harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo biroz o‘zgaruvchan bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 5–10 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.
Qaynoq24.uz 2-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

