Markaziy bank tomonidan 3-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 14,64 so‘mga arzonlab, 11 880,93 so‘mni tashkil etdi.
Yevro kursi ham sezilarli pasayib, 31,27 so‘mga tushdi va 13 794,95 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, funt sterling ham 45,51 so‘mga arzonlab, 15 695,90 so‘m bo‘ldi.
Yapon iyenasi 0,43 so‘mga, Shveytsariya franki esa 44 so‘mga pasaydi. Ularning amaldagi qiymati mos ravishda 76,17 so‘m va 14 771,76 so‘mni tashkil etadi.
Rubl esa aksincha, 0,3 so‘mga ko‘tarilib, 153,28 so‘m bo‘ldi. Xitoy yuanining kursi esa 1,57 so‘mga kamayib, 1 680,52 so‘m etib belgilandi.
Qaynoq24.uz 2-dekabr kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

