O‘zbekiston hududida 3-mart kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–7 daraja iliq, kunduzi 11–13 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida ayrim hududlarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi. Ustyurtda kechasi 7–10 daraja sovuq, kunduzi 0–3 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi. Cho‘l hududlarda kechasi 0–3 daraja sovuq kuzatiladi. Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand hududlarida yomg‘ir ehtimoli bor. Kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryoda ham o‘zgaruvchan ob-havo saqlanadi, harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Kechasi 3–8 daraja, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuchayadi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi va sel-suv toshqinlari xavfi bor. 2–6-mart kunlari ayniqsa tog‘li hududlarda xavf saqlanib qoladi.

