O‘zgidromet 30-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo sharoitini ma’lum qildi. Prognozga ko‘ra, mamlakatning aksar hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tog‘larda esa qor yog‘ishi ehtimoli bor.
Toshkent shahri va atrofida kechasi 7-9° iliq, kunduzi 11-13° iliq bo‘ladi. Yengil yomg‘ir kuzatilishi ehtimoli bor, shamol g‘arbdan esadi.
Qoraqalpog‘iston hamda Xorazmda havo o‘zgaruvchan, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Kechasi harorat 2° sovuq – 3° iliq, kunduzi 3-8° iliq atrofida bo‘ladi.
Buxoro va Navoiyda ham shunga yaqin manzara: yog‘ingarchilik ehtimoli mavjud, kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida yomg‘ir ehtimoli saqlanib turadi. Shamol ba’zi joylarda kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10°, kunduzi 10-15° iliqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda ham biroz yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ba’zan kuchli bo‘lishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0-5°, kunduzi 3-8° iliq atrofida.
Qaynoq24.uz 29-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

