Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 591,1 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 1991-yilga nisbatan 14,2 barobarga yuqori. Mustaqillikning ilk yillarida investitsiyalar hajmi ancha past bo‘lgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda iqtisodiy islohotlar va infratuzilma loyihalari hisobiga barqaror o‘sish kuzatilgan.
Masalan, 1991-yilda asosiy kapitalga investitsiyalar 11,6 mlrd rublni tashkil etgan. 2000-yilga kelib bu ko‘rsatkich 744,5 mlrd so‘mga yetgan. 2010-yilda esa investitsiyalar hajmi 16,4 trln so‘mdan oshgan.
Keyingi yillarda o‘sish sur’ati yanada tezlashdi. 2020-yilda 210 trln so‘mdan ortiq investitsiya jalb etilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 356 trln so‘mga yetgan. 2024-yilda 507 trln so‘m qayd etilgan.
2025-yilda esa investitsiyalar hajmi 591 trln so‘mga yetib, rekord darajaga chiqdi. Bu mamlakatda iqtisodiy faollik oshgani, yirik loyihalar ko‘lami kengaygani va investorlar ishonchi mustahkamlanganini ko‘rsatadi.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda maktablar soni 11 mingdan oshgani haqida yozgan edi.

