O‘zgidromet tomonidan 4-dekabr kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston hududida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan g‘arbga o‘zgarib, 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–4 daraja iliq, kunduzi 9–11 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, kechasi hamda ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan. Kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘adi, tuman kuzatilishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘lishi aytilmoqda.
Qashqadaryoda havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim hududlarda biroz yomg‘ir kutiladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Surxondaryoda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘lishi prognoz qilingan.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarda tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda esa havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qaynoq24.uz 3-dekabr qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

