Markaziy bank tomonidan 4-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSH dollari 31,45 so‘mga oshib, 11 912,38 so‘mni tashkil etdi.
Yevro ham sezilarli ravishda qimmatlab, 78,21 so‘mlik o‘sish bilan 13 873,16 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli 153,39 so‘mga yetib, 0,11 so‘mga ko‘tarilgan. Britaniya funt sterlingi 122,55 so‘mlik o‘sish bilan 15 818,45 so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, Yaponiya iyenasi 0,38 so‘mga oshib 76,55 so‘m bo‘ldi, Shveytsariya franki 83,43 so‘mlik o‘sish bilan 14 855,19 so‘mga yetdi. Xitoy yuani esa 5,71 so‘mga qimmatlab, 1 686,23 so‘m sifatida belgilandi.
Qaynoq24.uz 3-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.


Yana oshdimi