4-mart kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Pixabay
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

4-mart kuni respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, aksariyat joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–8° iliq, kunduzi 8–10° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kechasi hamda ertalab ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ba’zi hududlarda tuman tushadi. Shamol 7–12 m/s. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 7–12° iliq. Ustyurtda kechasi 3–8° sovuq, kunduzi 2–7° iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 2–7° iliq, kunduzi 7–12° iliq.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand hududlarida ham yomg‘ir ehtimoli bor. Kechasi 5–10° iliq, kunduzi 7–12° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo iliqroq bo‘ladi. Kechasi 5–10°, kunduzi 10–15° iliq.Farg‘ona vodiysida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 3–8°, kunduzi 10–15° iliq. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuqdan 2° iliqqacha, kunduzi 3–8° iliq.

3–6-mart kunlari tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin. Shuningdek, qor ko‘chishi xavfi mavjud.

Qaynoq24.uz 3-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.