5-dekabr kuni oltin quymalari qanday narxda sotiladi

Foto: Depositphotos
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 5-dekabr kungi oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 gramm oltin 8 285 000 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, 10 gramm 16 571 000 so‘m, 20 gramm 33 141 000 so‘m, 50 gramm 82 853 000 so‘m, 100 gramm esa 165 706 000 so‘mga sotilmoqda.

Oltinning global bozordagi narxi

Joriy kunda oltin narxi 4 219,96 USD bo‘lib, kunlik o‘sish +6,81 USD yoki +0,16% ni tashkil qilmoqda. So‘nggi bir yillik davrda oltin narxi 1 580,10 USD ga oshib, 60,01% ga ko‘tarilgan. Shuningdek, oltin narxi oxirgi 30 kun ichida 229,55 USD ga, so‘nggi 6 oyda 900,95 USD, besh yilda esa 2 348,66 USD ga oshgani qayd etilgan. Oltinning 20 yillik o‘sishi esa 3 705,57 USD yoki 730,06% ni tashkil etgan.

Kumush narxi esa bugun 57,84 USD bo‘lib, kunlik o‘sish +0,79 USD yoki +1,38% ga teng. Bozor mutaxassislari oltin va kumushni joriy narxlarda xarid qilishni tavsiya qilmoqda, chunki ularning qiymati uzoq muddatli investitsiya uchun barqaror o‘sish ko‘rsatmoqda.

Qaynoq24.uz 5-dekabr kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.