5-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda 5-dekabr kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ba’zi joylarda yomg‘ir va tuman kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar bermoqda.

Toshkent shahrida kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 9–11 daraja iliqni tashkil qiladi. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ayrim joylarda tuman kuzatiladi. Kunduzi havo 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, sharqdan esayotgan shamol kuchayishi mumkin. Kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Kunduzi harorat 6–11 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda asosan yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ammo ayrim hududlarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘onada ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shamol g‘arbdan esadi. Kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda esa yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatiladi, tuman tushishi mumkin. Harorat 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Qaynoq24.uz 4-dekabr kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.