Markaziy bank tomonidan 5-fevral uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli oltin quymaning sotish narxi 10 020 000 so‘mni tashkil etdi. Qadog‘i but holatda qayta sotib olish narxi 9 725 000 so‘m, qadog‘i buzilgan yoki texnik talablarga mos kelmaydigan holatda esa 9 627 000 so‘m etib belgilandi.
10 grammli oltin quymaning sotish narxi 20 040 000 so‘mga teng. Bunda qadog‘i but quymaning qayta sotib olish bahosi 19 451 000 so‘m, texnik ekspertizadan so‘ng yaroqli deb topilgan, ammo qadog‘i buzilgan holatda 19 254 000 so‘mni tashkil etdi.
20 grammli oltin quymalar 40 080 000 so‘mdan sotilmoqda. Qadog‘i but holda qayta sotib olish narxi 38 901 000 so‘m, qadog‘i buzilgan holatda esa 38 508 000 so‘m etib belgilangan.
50 grammli oltin quymaning sotish narxi 100 200 000 so‘mga teng bo‘ldi. Ushbu quymani banklar qadog‘i but bo‘lsa 97 253 000 so‘mdan, qadoqlanishi buzilgan holatda esa 96 271 000 so‘mdan qayta sotib olmoqda.
100 grammli oltin quymalarning sotish bahosi 200 400 000 so‘mni tashkil etdi. Qadog‘i but holda qayta sotib olish narxi 194 506 000 so‘m, texnik talablarga mos kelmagan qadoq bilan topshirilganda esa 192 541 000 so‘m etib belgilandi.
Jadval:

Qaynoq24.uz 5-fevral kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘lishi haqioda yozgan edi.

