5-mart kuni xorijiy valyutalar qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 5-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 30,05 so‘mga arzonlashib, 12 179,81 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi ham pasaydi. Yevropa valyutasi 31,22 so‘mga tushib, 14 139,54 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli ham qiymatini yo‘qotdi. Uning kursi 0,8 so‘mga pasayib, 156,73 so‘mga teng bo‘ldi. Xitoy yuani ham 6,7 so‘mga arzonlashib, 1 762,79 so‘mni tashkil etdi.

Ayni paytda ayrim valyutalar qimmatlashdi. Britaniya funt sterlingi 35,55 so‘mga oshib, 16 273,44 so‘mga yetdi. Shveysariya franki 11,22 so‘mga ko‘tarilib, 15 547,37 so‘mni tashkil etdi. Yaponiya iyenasi esa 0,04 so‘mga o‘sib, 77,48 so‘mga teng bo‘ldi.

Qaynoq24.uz 4-mart kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.