6-noyabr kuni valyuta kurslari qanday

Foto: Depositphotos
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan 6-noyabr kuni amal qiladigan yangi valyuta kurslari e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh dollari 11 970,67 so‘m etib belgilandi. Bu avvalgi ko‘rsatkichdan +20,04 so‘mga oshgan.

Yevro kursi ham biroz ko‘tarilib, 13 748,31 so‘m (+3,89 so‘m) bo‘ldi. Funt sterling esa pasayish qayd etdi — 15 609,75 so‘m (-1,36 so‘m).

Foto: Markaziy bank

Rossiya rubli 147,59 so‘m (-0,11 so‘m), Xitoy yuani 1 679,58 so‘m (+2,11 so‘m), Yaponiya iyenasi esa 77,89 so‘m (+0,03 so‘m) etib belgilangan.

Qozog‘iston tengesi kursi o‘zgarishsiz — 22,77 so‘m darajasida qoldi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 6-noyabr kuni asosiy xorijiy valyutalar ichida o‘sish bo‘yicha yetakchilikni AQSh dollari saqlab qoldi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.