O‘zgidromet 6-yanvar uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, mamlakat hududlarining aksariyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr soniyada esadi. Havo harorati kechasi noldan 2 darajagacha sovuq, kunduzi esa 7–9 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda tuman kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr soniyada esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja sovuqni, kunduzi 2–7 daraja iliqni tashkil etadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol tezligi 7–12 metr soniyaga yetadi. Kechasi havo harorati 0–5 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda tuman kuzatiladi. Shamol sharqdan 7–12 metr soniyada esadi. Kechasi harorat 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi esa 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushadi. Shamol tezligi 7–12 metr soniyani tashkil etadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 6–11 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5–10 metr soniyada esadi. Kechasi havo harorati 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7–12 metr soniyada esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, kunduzi esa 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Qaynoq24.uz Yerda magnit bo‘roni boshlangani haqida yozgan edi.

