Markaziy bank tomonidan 8-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 12 033,28 so‘mni tashkil etdi va avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 64,69 so‘mga qimmatlashdi.
Yevro kursi 14 060,89 so‘m etib belgilandi. Yevropa valyutasi kun davomida 40,88 so‘mga oshdi. Rossiya rubli ham mustahkamlanib, 149,30 so‘mga yetdi va 1,56 so‘mlik o‘sish qayd etildi.
Britaniya funt sterlingi 16 238,91 so‘mni tashkil qilib, 38,23 so‘mga ko‘tarildi. Yaponiya iyenasi 76,91 so‘mga teng bo‘lib, 0,37 so‘mga oshdi. Shveysariya franki 15 119,09 so‘mni tashkil etdi va 18,67 so‘mlik o‘sish kuzatildi.
Xitoy yuani ham qimmatlashib, 1 720,64 so‘mga yetdi. Kunlik o‘sish 6,97 so‘mni tashkil etdi.
Qaynoq24.uz 7-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

