9-dekabr kuni oltin quymalar qanday narxda sotiladi

Foto: MarketWatch
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 9-dekabr uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 5 grammli quymalar 8 million 296 ming so‘mdan savdoga qo‘yilgan.

10 grammli variant uchun narx 16 million 592 ming so‘m etib belgilangan. 20 grammli oltin quymasi 33 million 185 ming so‘mdan sotilmoqda. 50 grammli quymalar qiymati esa 82 million 962 ming so‘mni tashkil etadi. Eng yirik, 100 grammli oltin quymasi esa bozorda 165 million 924 ming so‘mdan taklif qilinmoqda.

Oltinning global bozordagi narxi qanday

Oltin narxlari xalqaro bozorlar kesimida biroz pasayishni ko‘rsatdi. Joriy kun holatiga ko‘ra, oltinning bir unsiyasi 4 186,97 dollarga teng bo‘lib, kun davomida 1,91 dollarga yoki 0,05 foizga arzonlashdi. Kumush esa biroz o‘sish kayfiyatida: bir kun ichida 0,21 dollarga qimmatlashib, 58 25 dollarga yetdi va 0,36 foiz o‘sishni qayd etdi.

Metallar bozoridagi umumiy dinamikaga nazar tashlaganda, oltin narxining o‘tgan 30 kun ichida 74,75 dollarga oshgani, bu 1,82 foizlik o‘sishni anglatishi ko‘rinadi. So‘nggi olti oyda esa o‘sish ancha sezilarli bo‘lib, 866,42 dollarlik yoki 26,08 foizlik ko‘tarilish qayd etildi. Bir yillik davr ichida oltin narxi 1 494,85 dollarga—ya’ni 55,49 foizga oshgan.

Uzoq muddatli statistikada ham ijobiy trend davom etmoqda. So‘nggi besh yilda oltin 2 352,64 dollarga, 20 yillik davrda esa 3 662 dollarga qimmatlab, mos ravishda 128,12 va 695,03 foizlik o‘sishni qayd etdi.

Qaynoq24.uz 9-dekabr uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.