Markaziy bank tomonidan 9-yanvar uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 12 109,02 so‘mni tashkil etdi va kun davomida 75,74 so‘mga qimmatlashdi.
Yevro kursi ham oshib, 14 139,70 so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich avvalgi kunga nisbatan 78,81 so‘mga yuqori. Rossiya rubli 150,31 so‘m etib belgilandi va 1,01 so‘mga o‘sdi.
Buyuk Britaniya funti 16 272,10 so‘mni tashkil qilib, 33,19 so‘mga mustahkamlandi. Yaponiya iyenasi 77,25 so‘mga baholandi va 0,34 so‘mga ko‘tarildi.
Shuningdek, Shveysariya franki 15 181,82 so‘mga yetib, 62,73 so‘mga oshdi. Xitoy yuani esa 1 733,77 so‘mni tashkil etdi va 13,13 so‘mga qimmatlashdi.
Qaynoq24.uz 8-yanvar kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

