Qonunchilikka ko‘ra, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa miqdori sug‘urta stajiga qarab belgilanadi. Nafaqa hisoblashda xodimning o‘rtacha oylik ish haqiga maxsus koeffitsient qo‘llaniladi.
Agar staj 10 oydan 24 oygacha bo‘lsa, nafaqa ish haqining 75 foizi miqdorida belgilanadi. 25 oydan 60 oygacha stajga ega bo‘lganlarda bu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etadi. 61 oy va undan ortiq stajga ega xodimlarga esa nafaqa to‘liq, ya’ni 100 foiz miqdorida to‘lanadi.
Shuningdek, qonunchilikda muhim qoida ham belgilangan. Agar mehnatga layoqatsizlik varaqasida ko‘rsatilgan davr tugaguncha ona yoki bola vafot etsa, ilgari to‘langan nafaqa qaytarib olinmaydi.
Qaynoq24.uz O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ruq nafaqalari uchun yangi tartib joriy etilgani haqida yozgan edi.

