Favqulodda vaziyatlar sohasida kadrlar tayyorlash tizimi isloh qilinadi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimi tubdan yangilanadi. Bu bo‘yicha Prezidentning 3-aprel kuni PQ–123-son qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari qayta tashkil etiladi. Xususan, Fuqaro muhofazasi instituti hamda Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish markazi Akademiya tarkibiga kiritilib, yangicha shaklda faoliyat yuritadi. Akademiya bazasida yagona ta’lim kampusi tashkil etiladi. Unda qutqaruvchilarni tayyorlash texnikumi hamda xorijiy kadrlar uchun alohida fakultet ochiladi.

Shuningdek, oliy ta’lim ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi. Harbiy yo‘nalishlarda kunduzgi shaklda davlat granti asosida bakalavrlar tayyorlanadi. Fuqarolik yo‘nalishlarida esa kunduzgi, kechki va masofaviy shakllarda kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi.

Magistratura bosqichida ham davlat tizimidagi vazirlik va idoralar uchun mutaxassislar tayyorlanadi. Bu jarayon kunduzgi, kechki va masofaviy shakllarda olib boriladi. Qarorga muvofiq, 2027–2028 o‘quv yilidan boshlab “2+2” modeli asosida yangi ta’lim tizimi sinov tariqasida joriy etiladi.

Qaynoq24.uz Jizzaxda FVV bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga olingani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.