Kuchli ta’sir qiluvchi dorilar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan bir necha shaxslar qo‘lga olindi.

G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida “H.F.” MChJ dorixonasi rahbari fuqaro J.X. fuqaro O.K.ga “Nebido” nomli dori vositasini 20,8 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Andijon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar F.O. va F.M. ikki dona “Regapen” dori vositasini 200 ming so‘mga sotayotganida qo‘lga olingan. Ularning yonidan 300 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida musodara qilingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz 35 kgdan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.