Xiaomi yangi sovitish texnologiyasini jonli efirda namoyish qildi. Unda Redmi K90 Max ikki raqobatchi smartfon bilan taqqoslandi.
Sinov og‘ir sharoitda o‘tkazildi. Qurilma 4 soat davomida maksimal grafika bilan 144 fps rejimida MOBA o‘yini ishlatildi. Xiaomi rahbari Lei Jun ma’lum qilishicha, u maksimal 36,7°C gacha qizigan. Taqqoslash uchun “raqobatchi A” 42,8°C, “raqobatchi B” esa 39,0°C ko‘rsatkich qayd etdi. Bu farq sovitish tizimi samaradorligini ko‘rsatadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Redmi K90 Max ichida diametri 18,1 mm bo‘lgan ventilyator ishlatiladi. Bu odatiy tizimlarga qaraganda kattaroq bo‘lib, havo oqimini sezilarli oshiradi. Xiaomi ma’lumotiga ko‘ra, bu tizim havo aylanishini 1,3 barobar yaxshilaydi va sovitish samaradorligini oshiradi.
Shuningdek, yangi sovitish tizimi 100 soniya ichida haroratni 10°C gacha tushira olishi aytilmoqda . Ventilyator esa past shovqin bilan ishlashi qayd etilgan. Model o‘yinlarga mo‘ljallangan flagman sifatida ishlab chiqilgan. Qurilma 165 Hz ekran, kuchli chip va maxsus o‘yin optimizatsiyalari bilan jihozlanadi.
Dizayn jihatidan model “Space Silver” rangida, metall korpus va ventilyator uchun maxsus ochiq qism bilan taqdim etilgan. Qurilma IP66, IP68 va IP69 darajasidagi himoyaga ega bo‘ladi.
Qaynoq24.uz Redmi K90 Max smartfoni namoyish etilgani haqida yozgan edi.

