Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotishga urinish holati fosh etildi.
Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departament viloyat boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida qonunga xilof ravishda tamaki savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro I.E.ning “Mirmiron” MFY hududidagi uyi hamda “Lacetti” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirildi. Natijada xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz 18 turdagi jami 3 622 quti tamaki mahsulotlari sotish maqsadida saqlanayotgani aniqlandi.
Ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda mazkur ish bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz ikki hududda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish aniqlangani haqida yozgan edi.

