Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bag‘dod tuman bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda noqonuniy tamaki mahsulotlari savdosi aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolar M.J. va D.A. boshqa bir shaxsga xorijda ishlab chiqarilgan 7 turdagi 450 dona aksiz markasiz elektron tamaki mahsulotlarini sotgan vaqtida ushlangan. Bitim qiymati 127,5 mln so‘mni tashkil etgan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qaynoq24.uz Qarshi tumanida 3,6 ming quti noqonuniy tamaki musodara qilingani haqida yozgan edi.
Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departament viloyat boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida qonunga xilof ravishda tamaki savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro I.E.ning “Mirmiron” MFY hududidagi uyi hamda “Lacetti” rusumli avtomashinasi ko‘zdan kechirildi. Natijada xorijda ishlab chiqarilgan, aksiz markasiz 18 turdagi jami 3 622 quti tamaki mahsulotlari sotish maqsadida saqlanayotgani aniqlandi.

