Toshkent va Samarqandda gazdan noqonuniy foydalanish aniqlandi

Foto: Departament
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent shahri va Samarqand viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi o‘tkazgan tekshiruvda fuqaro M.P. “Obod” MFYdagi issiqxonada gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 354,6 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Shu hududdagi yana bir holatda fuqaro X.Z. “G‘ayrat” MFYdagi issiqxonada 219,2 mln so‘mlik tabiiy gazni noqonuniy ishlatgani ma’lum bo‘ldi.

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida esa fuqaro U.R. “Mash’al” MFYdagi xonadonda gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 189,4 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qaynoq24.uz Bag‘dod tumanida aksizsiz elektron tamaki savdosi fosh etilgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.