Gollivud yulduzlari Paramount va Warner Bros Discovery birlashuviga qarshi chiqdi

Foto: Unsplash
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

1 400 dan ortiq aktyor, rejissyor va kinomutaxassislar Paramount va Warner Bros Discovery o‘rtasidagi rejalashtirilgan birlashuvga qarshi ochiq maktub imzoladi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Maktubni Emma Thompson, Ben Stiller, Javier Bardem va Rose Byrne kabi mashhur yulduzlar qo‘llab-quvvatladi. Ularning fikricha, bu kelishuv media bozorini yanada toraytiradi va raqobatni kamaytiradi. Bitim qiymati taxminan $111 mlrdga baholanmoqda. Agar u amalga oshsa, AQShdagi yirik kinostudiyalar soni to‘rttaga tushib qoladi. Bu esa ish o‘rinlari kamayishi va ijodkorlar uchun imkoniyatlar qisqarishiga olib kelishi mumkin.

Norozilar orasida Kristen Stewart, Glenn Close ham bor. Ular bunday birlashuv tomoshabinlar uchun tanlovni kamaytirishini aytmoqda. Shu bilan birga, Paramount Skydance vakillari bu fikrga qo‘shilmayapti. Ular aksincha, birlashuv ko‘proq loyihalarni moliyalashtirish, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash va global bozorda raqobatni kuchaytirishini bildirgan.

Kompaniya rahbari David Ellison har yili kamida 30 ta yirik film chiqarishni rejalayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, studiyalar mustaqil ishlashda davom etadi.

Qaynoq24.uz Warner Bros. Paramount’ning $60 mlrdlik taklifini rad etgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.