Yog‘i olinmagan sut bolalarda semizlik xavfini kamaytirishi mumkin. Bu xulosaga University of Toronto olimlari olib borgan tadqiqot natijasida kelindi. Natijalar American Journal of Clinical Nutrition jurnalida e’lon qilingan.
Tadqiqotda bolalar salomatligi uzoq muddat davomida kuzatilgan yirik dastur ma’lumotlari tahlil qilindi. Olimlar bolalar qanday sut ichishini solishtirdi. Ya’ni yog‘siz, kam yog‘li yoki butun sut iste’moli tana vazni va yog‘ to‘planishi bilan taqqoslandi.
Natijalarga ko‘ra, erta yoshda yog‘li sut ichgan bolalarda tana massasi indeksi pastroq bo‘lgan. Ular sakkiz yoshga kelib semizlikka 69% kamroq duch kelgan. Yog‘liligi yuqori bo‘lgan sut iste’moli umumiy tana tarkibi ko‘rsatkichlari bilan ham ijobiy bog‘liq ekani aniqlangan.
Olimlar bu holatni sut yog‘i to‘qlik hissini kuchaytirishi bilan izohlaydi. Bu esa kamroq zararli oziq-ovqat iste’mol qilishga olib kelishi mumkin. Biroq ushbu mexanizmlar hali to‘liq o‘rganilmagan. Tadqiqotchilar fikricha, natijalar ilgari berilgan tavsiyalarni qayta ko‘rib chiqishga asos bo‘lishi mumkin. Ya’ni faqat yog‘siz mahsulotlarga urg‘u berish o‘rniga, bolaning umumiy ovqatlanish ratsioni muhimroq hisoblanadi.
Qaynoq24.uz uzoq va sog‘lom yashash uchun besh muhim hayotiy odat haqida yozgan edi.

