3 oyda 6,7 trln so‘mlik soliq xavfi aniqlandi

Foto: Unsplash
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

2026-yil yanvar–mart oylarida soliq organlari yuqori xavfli 858 ta tadbirkorni tekshirdi. Bu jami 529,4 ming soliq to‘lovchining 0,16 foiziga teng.

Tekshiruvlar natijasida 6,7 trln so‘mlik soliq xavfi aniqlangan. Shundan 2,8 trln so‘mi bevosita audit jarayonida ochilgan. Aniqlangan summaning katta qismi savdo va umumiy ovqatlanish sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu yo‘nalishda 1,3 trln so‘m yoki jami hajmning deyarli yarmi qayd etilgan. Qurilish sohasida 625,8 mlrd so‘m aniqlangan. Xizmat ko‘rsatish sohasida 290,8 mlrd so‘m, ishlab chiqarishda 145,3 mlrd so‘m qayd etilgan.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligida 60,1 mlrd so‘m, transportda 36,3 mlrd so‘m aniqlangan. Qolgan 360,9 mlrd so‘m boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.

Audit davomida 378 ta soliq to‘lovchida jami 5,4 trln so‘mlik soliq bazasi yashirilgani ma’lum bo‘ldi. Ayrim tadbirkorlar 1,7 trln so‘mlik tovar realizatsiyasini ko‘rsatmagan.

Yana bir qismida 2,1 trln so‘mlik mahsulot inventarizatsiya vaqtida topilmagan. Shuningdek, 1,5 trln so‘mlik tovarlar rasmiy hisobga olinmagan holda saqlangan yoki sotilgan. Hozirga qadar to‘lov muddati kelgan 558 mlrd so‘mning 284,8 mlrd so‘mi undirildi. Qolgan mablag‘larni undirish ishlari davom etmoqda.

Qaynoq24.uz savdo sohasidagi korxonalar 2025-yilda 35 trln so‘mdan ortiq soliq to‘lagani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.