Jahon harbiy xarajatlari keskin oshdi

Foto: Pexels
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

2025-yilda dunyoda harbiy xarajatlar rekord darajaga yetdi. Bu haqda sohadagi SIPRI hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, global harbiy xarajatlar $2,887 trlnni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ketma-ket 11-yildirki o‘sishda davom etmoqda. Hisobotda qayd etilishicha, umumiy xarajatlarning yarmidan ko‘pi uch davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ular — AQSh, Xitoy va Rossiya. Ushbu mamlakatlar jami $1,48 trln sarflagan bo‘lib, bu jahon ko‘rsatkichining 51 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, harbiy xarajatlarning global yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2,5 foizga yetgan. Bu 2009-yildan beri eng yuqori daraja sifatida qayd etildi.

Qaynoq24.uz NATO Yevropa armiyasi tuzish g‘oyasini rad etgani haqida yozgan edi.

Ryuttening aytishicha, bunday tashabbus NATO doirasidagi hamkorlik tamoyillariga zid bo‘lishi mumkin. U taklif Yevroparlament a’zolari tomonidan ilgari surilgani, bunda AQSh kelajakda Yevropa ittifoqchilarini qo‘llamay qolishi ehtimoli tilga olingani haqida eslatdi.

Unga qadar “Yevropa xalq partiyasi” fraksiyasi rahbari Manfred Veber Ukrainada Yevropa bayrog‘i ostida yagona harbiy kontingent joylashtirish g‘oyasini ilgari surgan edi. Rasmiy NATO esa bu tashabbusni ma’qullamadi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.