Vengriya Yevropa Ittifoqi mablag‘larini qaytarishni muhokama qiladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Vengriyaning yangi bosh vaziri Piter Madyar Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni boshlaydi. U Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen bilan muzlatilgan mablag‘larni qayta tiklash masalasini muhokama qiladi.

Mad’yar yaqin kunlarda Bryusselga borishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mablag‘larni ochish masalasi cho‘zilmasligi kerak. Avvalroq Yevropa komissiyasi ham yangi hukumat bilan ishlashga tayyorligini bildirgan. Rasmiylarga ko‘ra, Vengriya yana Yevropa yo‘liga qaytmoqda.

So‘nggi yillarda Vengriya Viktor Orban davridagi siyosat sabab Yevropa Ittifoqidan katta miqdordagi mablag‘larni ololmay kelgan. Sabab sifatida demokratik standartlarga mos kelmaslik ko‘rsatilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, muzlatilgan mablag‘lar hajmi 35 mlrd yevroga yetgan. Ular orasida kambag‘al hududlar uchun subsidiya, pandemiyadan keyingi iqtisodiy yordam va mudofaa kreditlari ham bor. Yangi hukumatdan esa bir qator islohotlar kutilmoqda. Shuningdek, Budapesht va Kiyev o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash talabi ham ilgari surilgan.

Hozirda tomonlar muzokaralar orqali mablag‘larni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Qaynoq24.uz Yevropa Ittifoqi Vengriya uchun 16 mlrd yevrolik kreditni to‘xtatgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.