Andijon va Jizzax viloyatlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Jalaquduq tumanida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “SH.B.” MCHJ mas’ullari gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulangani aniqlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamiyat “Beshtol” MFY hududidagi noturar binoda tijorat maqsadida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan. Yetkazilgan zarar 135,8 mln so‘m deb baholangan.
Yana bir holat Mirzacho‘l tumanida aniqlangan. Fuqaro A.T. “Saraylik” MFY hududidagi xonadonida gaz hisoblash uskunasiga tashqi ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda. Departamentga ko‘ra, fuqaro shu yo‘l bilan 111,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi va 185-2-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Qaynoq24.uz Andijonda noqonuniy yer savdosi bo‘yicha mansabdorlar ushlangani haqida yozgan edi.

