O‘zbekistonda eng ko‘p korxona savdo sohasida faoliyat yuritmoqda

Foto: Pexels / Ramon Karolan
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 580,9 mingtaga yetdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-may holatida mamlakatdagi eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hisobotga ko‘ra, savdo yo‘nalishida 158,4 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda. Bu umumiy korxonalar sonining qariyb chorak qismini tashkil etadi. Mutaxassislar buni ichki bozordagi talabning yuqoriligi va tadbirkorlik faoliyatining kengayishi bilan izohlamoqda.

Ikkinchi o‘rinda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi turibdi. Ushbu yo‘nalishda 127,7 mingdan ortiq subyekt faoliyat olib bormoqda. Sanoat sektori esa 61,4 mingta korxona bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 32,2 mingdan ortiq korxona ishlamoqda. Qurilish sektorida esa 31,4 mingdan ziyod tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan. Tashish va saqlash yo‘nalishida 18,1 mingta korxona faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida bu ko‘rsatkich 14,7 mingta bo‘ldi.

Axborot va aloqa sohasida 12,7 mingta korxona qayd etilgan. Qolgan 123,7 mingga yaqin tashkilot boshqa iqtisodiy yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda.

Qaynoq24.uz O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish 10 yilda 2,4 barobarga oshgani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.