Tramp: Eron bilan Hormuz bo‘g‘ozini ochadigan kelishuv deyarli tayyor

Foto: Getty Images
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv deyarli muvofiqlashtirilganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, bitim doirasida Yaqin Sharq neftini tashish uchun muhim bo‘lgan Hormuz bo‘g‘ozi ochiladi.

Tramp Truth Social tarmog‘ida kelishuvning yakuniy jihatlari va detallari hozir muhokama qilinayotganini yozdi. U natijalar yaqin vaqtda e’lon qilinishini bildirdi.

Eron tomoni ham yakuniy kelishuv loyihasi ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qilgan. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi so‘nggi haftada muzokaralar tomonlar pozitsiyasini yaqinlashtirish yo‘nalishida davom etganini bildirgan.

Shu bilan birga, asosiy kelishmovchiliklar qanday hal etilishi hozircha noma’lum. Ular orasida Eron yadroviy dasturi taqdiri va Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat tartibi bor.

Hormuz bo‘g‘ozi global energiya bozoridagi eng muhim dengiz yo‘llaridan biri hisoblanadi. U Eron va Ummon oralig‘ida joylashgan bo‘lib, Fors ko‘rfazidan neft va gaz tashish uchun asosiy yo‘lak vazifasini bajaradi.

Avvalroq bo‘g‘oz 28-fevralda urush boshlanganidan keyin Eron tomonidan amalda bloklangan edi. Bu esa jahon energetika bozorida xavotirlarni kuchaytirgan.

Eron ilgari uranni boyitishdan voz kechish talablarini rad etgan. Tehron atom bombasi yaratishni rejalashtirmayotganini bildirgan. Shu bilan birga, Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tuvchi kemalardan to‘lov undirish niyatida ekanini ham aytgan.

Agar kelishuv yakunlansa, bu AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlikni kamaytirishi hamda jahon neft bozoridagi bosimni yumshatishi mumkin.

Qaynoq24.uz Hormuz bo‘g‘ozida keskinlik kuchaygani haqida yozgan edi.

Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.