Filippinda bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni uch kishiga yetdi

Foto: Reuters
Jonibek Juraqulov
2 Daqiqa o‘qish

Filippinda qurilayotgan ko‘p qavatli bino qulashi oqibatida halok bo‘lganlar soni uch kishiga yetdi. Yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Reuetrs xabar bermoqda.

Hodisa Anxeles shahrida, Manila shimolida joylashgan Balibago hududida yuz berdi. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolganlarni izlashni davom ettirmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, tun davomida o‘tkazilgan skanerlash ishlari vayronalar ostida tiriklik alomatlari borligini ko‘rsatgan. Shundan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlari kuchaytirilgan.

Hududiy yong‘in xavfsizligi byurosi vakili Mariya Lea Saxilining aytishicha, qutqaruvchilar ikki kishini vayronalar ostidan olib chiqqan. Ulardan birida dastlab puls bo‘lgan, biroq keyinchalik u vafot etgan. Yana bir jabrlanuvchi esa vayronalar ostida qolgan vaqtida yurak faoliyati to‘xtashi oqibatida halok bo‘lgan.

Rasmiylar yana bir jasad vayronalar ostida qolayotganini bildirdi. U chiqarib olinganidan keyin halok bo‘lganlar ro‘yxatiga qo‘shiladi. Bedarak yo‘qolganlar soni 17 nafarni tashkil etmoqda. Ularning aksariyati qurilish maydonida ishlagan ishchilar bo‘lishi mumkin.

Halok bo‘lganlar orasida 65 yoshli Malayziya fuqarosi ham bor. Uning jasadi yakshanba kuni qo‘shni mehmonxona binosidan topilgan. Ushbu mehmonxona ham qulash oqibatida zarar ko‘rgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qulagan bino ruxsatnomada to‘qqiz qavatli mehmonxona sifatida ko‘rsatilgan. Biroq rasmiylar qo‘shimcha 10-qavatda basseyn qurilayotgani aniqlanganini ma’lum qildi.

Anxeles shahri meri Karmelo Lazatin qurilish egasini topish ishlari olib borilayotganini aytdi. Rasmiylar undan ishchilar soni va qurilishdagi holat bo‘yicha tushuntirish olmoqchi.

Bino nima sababdan qulagani bo‘yicha tekshiruv boshlandi. Qutqaruv ishlari davom etar ekan, bedarak yo‘qolganlarning yaqinlari rasmiylardan muntazam ma’lumot berishni talab qilmoqda. Ular qidiruv jarayoni sekin ketayotganidan norozi.

Qaynoq24.uz Krasnogorskdagi bino qulab yuzta mashinaga zarar yetgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.