Eron Hormuz bo‘g‘ozini barcha kemalar uchun yopishini e’lon qildi

Rasm SI
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

Eron armiyasining “Xotam al-Anbiyo” markaziy shtabi Hormuz bo‘g‘ozi barcha turdagi kemalar harakati uchun yopilishini e’lon qildi. Bu haqda Tasnim agentligi Eron harbiy qo‘mondonligi bayonotiga tayanib xabar berdi.

Bayonotda Hormuz bo‘g‘ozi orqali har qanday turdagi kemalar, jumladan, neft tankerlari va savdo kemalarining harakatlanishi taqiqlangani qayd etilgan. Eron harbiylari bo‘g‘ozdan o‘tishga uringan har qanday kema hujumga uchrashi mumkinligini bildirgan.

Eron qo‘mondonligi bu qarorni AQSH tomonidan “tajovuz davom etayotgani” hamda Amerika kuchlarining Hormozgan viloyati janubiy hududlariga bergan zarbalari bilan izohlagan.

Keskinlik AQSH zarbalaridan so‘ng kuchaydi

Avvalroq AQSH Eron hududiga zarbalar berganini ma’lum qilgan edi. Vashington bu hujumlarni Tehron tomonidan AQSHning Apache jangovar vertolyoti urib tushirilganiga javob sifatida izohlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu joriy mojaro boshlanganidan beri Amerika tomonining Apache vertolyotini yo‘qotishi bilan bog‘liq ilk holat bo‘lgan.

11-iyunga o‘tar kechasi AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM Amerika harbiylari Eronga qarshi qo‘shimcha zarbalar bera boshlaganini ma’lum qilgan.

Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi neft bozoriga ta’sir qilishi mumkin

Hormuz bo‘g‘ozi jahon energetika bozori uchun strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. U orqali Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan neft va boshqa yuklar xalqaro bozorlarga olib chiqiladi. Shu sababli bo‘g‘oz atrofidagi har qanday harbiy keskinlik neft narxlari va dengiz transporti xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Qaynoq24.uz AQSH harbiylari Eron hududlariga yana zarba bergani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.