1-iyul kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Pexels
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 1-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dollar kursi 51,57 so‘mga tushib, 12 009,27 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi ham pasayish qayd etdi. Yevropa valyutasi 66,01 so‘mga arzonlab, 13 688,17 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli esa 1,25 so‘mga pasayib, 153,75 so‘m etib belgilandi.

Britaniya funt sterlingi 46,55 so‘mga arzonlab, 15 896,67 so‘mni tashkil qildi. Yaponiya iyenasi 0,5 so‘mga tushib, 74 so‘mga teng bo‘ldi.

Shveysariya franki 80,28 so‘mga pasayib, 14 833,58 so‘mni tashkil etdi. Xitoy yuani esa 5,3 so‘mga arzonlab, 1 769,84 so‘m etib belgilandi.

Qaynoq24.uz 30-iyun uchun oltin quymalarining narxlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.