AQSh sobiq prezidenti Jo Baydenning o‘g‘li Hanter Bayden Donald Trampga Nobel tinchlik mukofotini berishni kinoya bilan taklif qildi. U X ijtimoiy tarmog‘ida Tramp Eron bilan urushni “kamida 38 marta tugatgani”ni yozdi.
Bayden kichigining ta’kidlashicha, tarixda hech bir prezident bir urushni bu qadar ko‘p marta “yakunlamagan”. U Tramp bu borada hali to‘xtamagani, bunday “rekord” esa Nobel qo‘mitasi e’tirofiga munosibligini kinoya bilan qayd etdi.
“38 marta” degan raqam CNN hisob-kitoblariga asoslangan. Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi keskinlik davrida Tramp OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Eron bilan kelishuv yaqin ekani yoki harbiy harakatlar amalda tugagani haqida kamida 38 marta bayonot bergan.
Qaynoq24.uz Tramp kriptodan 1 mlrd dollardan ortiq daromad olgani haqida yozgan edi.


