Toshkent va Samarqandda harbiy xizmatchilar uchun ijara puli 25 foiz oshadi

Foto: Ochiq manba
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Toshkent va Samarqand shaharlarida harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan oylik pul kompensatsiyasi 25 foizga oshiriladi.

Bu Hukumatning 2026-yil 7-iyuldagi 369-son qarorida belgilandi.

Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-iyuldagi 169-son qaroriga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.

Yangi tartibga ko‘ra, Toshkent va Samarqand shaharlarida xizmat qilayotgan hamda turar joyni ijaraga olgan harbiy xizmatchilarga beriladigan har oylik kompensatsiya amaldagi miqdorga nisbatan 25 foiz ko‘paytiriladi.

Mazkur to‘lov xizmatchilarning uy-joy ijarasi bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplashga mo‘ljallangan. Qarorda kompensatsiyaning aniq miqdori keltirilmagan.

Qaynoq24.uz jahon harbiy xarajatlari keskin oshgani haqida yozgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, global harbiy xarajatlar $2,887 trlnni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich ketma-ket 11-yildirki o‘sishda davom etmoqda. Hisobotda qayd etilishicha, umumiy xarajatlarning yarmidan ko‘pi uch davlat hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ular — AQSh, Xitoy va Rossiya. Ushbu mamlakatlar jami $1,48 trln sarflagan bo‘lib, bu jahon ko‘rsatkichining 51 foizini tashkil etadi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.