Xodimlarning soliq qarzi 498,7 mlrd so‘mdan oshdi

Foto: depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

O‘zbekistonda tashkilotlar xodimlarining mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha to‘lanmagan qarzdorligi 498,7 mlrd so‘mdan oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.

2026-yil 22-iyul holatiga ko‘ra, qarzdorlik 183 668 ta tashkilotda ishlovchi 885 336 nafar xodimga tegishli 1 mln 69 mingdan ortiq soliq obyekti bo‘yicha shakllangan.

Umumiy qarzdorlikning 282,8 mlrd so‘mi yer solig‘i, 215,9 mlrd so‘mi esa mol-mulk solig‘i hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Eng katta qarzdorlik tijorat tashkilotlari xodimlarida qayd etilib, uning miqdori 387,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Budjet tashkilotlari xodimlarining soliq qarzi 90,8 mlrd so‘mga, nodavlat notijorat tashkilotlari xodimlarining qarzdorligi esa 20 mlrd so‘mga yetgan.

Xodimlarining to‘lanmagan soliqlari hajmi bo‘yicha «Temiryo‘linfratuzilma» AJ yetakchilik qilmoqda.

Kompaniya xodimlarining mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligi 5,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda 4,2 mlrd so‘mlik qarz bilan «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ hamda 4,1 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich bilan «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ qayd etilgan.

Qaynoq24.uz soliq auditlarida 8,2 trln so‘mlik summa aniqlangani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.