5-avgust kuni valyutalar kursi qanday qiymatda bo‘ladi

Foto: Depositphotos
Jonibek Juraqulov
1 Daqiqa o‘qish

Markaziy bank tomonidan 5-avgust uchun valyutalar kursi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, AQSh dollari 47,25 so‘mga arzonlab, 11 942,21 so‘mni tashkil etdi.

Yevro kursi 72,35 so‘mga pasayib, 13 743,10 so‘m etib belgilandi. Britaniya funt sterlingi 74,30 so‘mga tushib, 16 051,52 so‘mga, Shveysariya franki esa 82,10 so‘mga arzonlab, 14 739,83 so‘mga tenglashdi. Eng katta pasayish Shveysariya frankida qayd etildi.

Rossiya rubli 2,06 so‘mga arzonlab, 147,42 so‘mni tashkil qildi. Xitoy yuani 7,24 so‘mga pasayib, 1 768,27 so‘m bo‘ldi. Yaponiya iyenasi kursi ham 0,69 so‘mga tushib, 75,63 so‘m etib belgilandi.

Qaynoq24.uz 4-avgust kuni oltin quymalari qanday narxda sotilishi haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
2006-yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi. Kompyuter texnologiyalari, sport, iqtisodiy mavzularda yozishni yoqtiradi. Muvaffaqiyatli shaxslar va huquqiy mavzularda maqolalari chop etilgan. Jonibek Juraqulov Qaynoq24.uz nashrining ma’sul jurnalisti ham hisoblanadi. Aloqa uchun: j.juraqulov@qaynoq24.uz

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.