AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika Xitoyga zarar yetkazishni emas, balki unga yordam berishni istashini ma’lum qildi. U TruthSocial ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirgan.
«Si Szinpin o‘z mamlakati uchun inqiroz bo‘lishini istamaydi, men ham xuddi shunday fikrdaman. AQSh Xitoyga yordam bermoqchi, unga zarar yetkazmoqchi emas», — deb yozdi Tramp.
Bu bayonot AQSh noyabr oyidan boshlab Xitoy mahsulotlariga qo‘shimcha bojlar joriy etish rejalari fonida bildirildi. Bundan tashqari, Vashington Xitoyga muhim dasturiy ta’minot yetkazib berilishini ham nazorat qilishni rejalashtirmoqda.
Trampning aytishicha, yangi bojlar Pekinning xorijiy mudofaa kompaniyalariga mo‘ljallangan nodir metallar eksportini cheklash qaroriga javoban joriy etilgan.
Xitoy Savdo vazirligi esa bu chorani «ikkiyuzlamachilik» deb atagan. Ularning fikricha, AQSh eksport nazoratidan siyosiy bosim vositasi sifatida foydalanmoqda va Xitoyga nisbatan diskriminatsion qarorlar qabul qilmoqda.
Tezkor yangiliklarni Qaynoq24.uz saytida o‘qing!

