Yangilangan Chevrolet Cobalt va Damas taqdim etiladi

@OLX
Mohinur Rajabova
2 Daqiqa o‘qish

“UzAuto Motors” AJ yaqin orada yangilangan Chevrolet Cobalt va Damas taqdim etilishini ma’lum qildi. Bu tashabbus Prezidentning Xorazmga may oyidagi tashrifi davomida belgilangan ustuvor vazifalarga kiradi.

Yangi ishlab chiqarish quvvatlari asosida arzon va ixcham “Damas” minivenining yangi versiyasi ishlab chiqiladi. U avvalgisiga qaraganda kattaroq, sig‘imi keng va qulayroq bo‘ladi. Model ikkita ko‘rinishda taqdim etiladi — Damas Move (yo‘lovchi) va Damas Max (yuk-yo‘lovchi).

Foto: Ochiq manba

Yangi Damas hozirgi versiya bilan bir vaqtda ishlab chiqariladi. Bu xaridorlarga klassik model yoki zamonaviy yangi versiya o‘rtasida tanlov imkonini beradi.

Bundan tashqari, kompaniya mashhur Chevrolet Cobalt modelini ham yangiladi. Endilikda mijozlarga ikki yangi versiya — Cobalt Style MCM va Cobalt Midnight MCM taqdim etiladi. Ular kengaytirilgan opsiyalar, yuqori xavfsizlik va qulaylik bilan ajralib turadi.

Foto: UzAuto motors

Cobalt ichki qismi qanday bo‘ladi?

Old panel Tracker 1 uslubida tayyorlangan. Unda dvigatel harorati ko‘rsatkichi va yorqin yoritilgan spidometr joylashgan. Spidometr 200 km/soatgacha tezlikni ko‘rsatadi. Haydovchi uchun ko‘p funksiyali rul o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali audio tizimni boshqarish va kruiz-kontrol funksiyasidan foydalanish mumkin.

Markaziy konsol yangicha dizaynda ishlab chiqilgan. Unda katta sensorli MyLink multimedia tizimi joylashgan bo‘lib, u Apple CarPlay va Android Auto funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekran orqali audio tizim, telefon va avtomobil sozlamalarini boshqarish mumkin. Sensorli panel ostida konditsioner boshqaruvi joylashgan, uzatmalar qutisi selektori esa zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, qo‘lda M rejimida boshqarish imkonini beradi.

Avvalroq O‘zbekistonlik sayyohlar soni bir yilda 26,8 foizga oshgani haqida yozgan edi.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.