AQShda samolyot yuk mashinalariga urilib portladi

Foto: AP News
Mohinur Rajabova
1 Daqiqa o‘qish

AQShning Texas shtatida yo‘lovchi samolyoti qulab, bir nechta yuk mashinalariga urildi. Bu haqda The Irish Sun xabar bermoqda. Hodisa natijasida kuchli portlash yuz berdi va ikki kishi halok bo‘lgan.

Fojia Fort-Uort yaqinidagi Hicks aeroporti atrofida, North Saginaw Bulvaridagi 12000-blok hududida, yakshanba kuni soat 13:30 atrofida sodir bo‘lgan. Guvohlar samolyotning keskin pastlab, yerga urilgach portlaganini aytgan.

Foto: The Irish Sun

Yong‘in natijasida bir nechta 18 g‘ildirakli yuk mashinalari va tirkamalari yonib ketgan. Hodisa joyidan osmon sari qalin qora tutun ko‘tarilgan.

Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgach, ikki kishining jasadini topgan. Hozircha halok bo‘lganlarning shaxsi aniqlanmagan, tergov ishlari davom etmoqda.

Avvalroq Tramp AQSh Xitoyga zarar yetkazmoqchi emas, balki yordam bermoqchi ekanligini qayd etgani haqida yozgan edik.

TAGGED:
Ushbu maqolani ulashish
Obuna bo‘ling:
Jurnalist, tarjimon. 2003-yilda Surxandaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi filolog. Aloqa uchun: message@qaynoq24.uz
Sharhlar mavjud emas

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Qaynoq24 — Oʻzbekiston va dunyodagi eng soʻnggi yangiliklarni tezkor, ishonchli va xolisona tarzda taqdim etuvchi yangiliklar portali.